Rossiya va O‘zbekiston paxta kalavasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Rossiya va O‘zbekiston paxta kalavasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi va O‘zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida Rossiyaga paxta kalavasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi.

Ushbu hujjat 18 sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishida imzolandi.

O‘zbekistonda har yili 3 million tonnaga yaqin paxta xomashyosi yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ommaviy paxta terimi mavsumi sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish hisobiga so‘nggi paytlarda mahalliy qayta ishlash ulushi 40 foizdan 100 foizga oshdi.

2023 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondan 424,5 million dollarlik ip-kalava eksport qilingan va 34 davlatga yetkazib berilgan. Rossiya 90,2 million dollarga ushbu mahsulotni sotib olgan, bu uchinchi ko‘rsatkich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!