Rossiya Turkiyada ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishi mumkin

Rossiya Turkiyada ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishi mumkin

Rossiya Turkiyada Qora dengiz sohilida, Sinop shahri yaqinida joylashgan atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi bo‘yicha pudratchi sifatida ishtirok etishi mumkin, dedi Rossiya TIVning Yevropa bo‘yicha to‘rtinchi departamenti direktori Yuriy Pilipson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Turkiya rasmiylari yangi loyiha bo‘yicha pudratchilar uchun eng munosib nomzod Rossiya tomoni deb topsa, Rossiya Turkiya tomonining rasmiy taklifini kutadi.

“Biz Anqara bilan kelajakdagi Sinop atom elektr stansiyasi bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz. Bunday kattalikdagi qurilishlar mashaqqatli izlanishlarni, loyihani har tomonlama baholashni, amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashni va kelajakdagi elektr inshootining xususiyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi.

Akkuyu AYES ning muvaffaqiyatli qurilishi tashqi qarshiliklarga qaramay, birgalikda ulkan loyihalarni amalga oshirishimiz mumkinligini tasdiqlaydi”, — dedi Pilipson.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!