"Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi" - Putin

"Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi" - Putin

Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi. Bu yagona to‘g‘ri qaror edi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbassda navbatdagi jazo operasiyasiga, Rossiyaning tarixiy yerlari, jumladan, Qrimga bostirib kirishga tayyorgarlik olib borilgan. Kiyev ehtimoliy yadro quroliga ega bo‘lish haqida gapira boshlagan, NATO esa Rossiyaga hududlariga yaqin yerlarni faol o‘rganishni boshlagan. Shu tariqa, Rossiya uchun tahdid yuzaga kelgan.

“Biz harbiy infratuzilma qanday kengayib borayotgani, chet ellik yuzlab maslahatchilar qanday ishlashni boshlashgani, NATO mamlakatlaridan eng zamonaviy qurol-yarog‘ muntazam yetkazib berilayotgani ko‘rardik. Xavf kundan-kunga ortib borardi. Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi. Bu majburiy, o‘z vaqtidagi va yagona to‘g‘ri qaror edi, suveren, kuchli va mustaqil mamlakatning qarori”, - dedi Putin Moskvadagi G‘alaba paradida nutq so‘zlayotib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!