Rossiya T-54/55 sovet tanklarini omborlardan qayta chiqardi

Rossiya T-54/55 sovet tanklarini omborlardan qayta chiqardi

Conflict Intelligence Team (CIT) surishtiruv loyihasiga ko‘ra, Rossiya 40-50-yillarda ishlab chiqarilgan T-54/55 oilasiga mansub sovet tanklarini omborlardan qayta chiqarib olishni boshladi.

Loyiha ixtiyorida Uzoq Sharqdan harbiy texnika olib ketayotgan poyezd suratlari bor.

CIT ma’lumotlariga ko‘ra, T-54/55 tanklari bo‘lgan poyezd yaqinda Primore o‘lkasining 1295-Markaziy zaxira va tanklar bazasi joylashgan Arsenev shahridan jo‘nab ketgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, T-54’ning birinchi modifikasiyalari sovet armiyasi tomonidan 1940-yillarning ikkinchi yarmida, T-55 esa 1958 yilda qabul qilib olingan.

«Biz ushbu tanklar nima maqsadda qo‘llanilishi mumkinligiga aniq javob berishda qiynalyapmiz, ammo har qanday holatda ham, BTR-50 omborlardan olib chiqilishi va MT-LB’ga kema zenit qurollarini o‘rnatish bilan bir qatorda, bu Rossiya Qurolli kuchlarini zirhli transport vositalari bilan ta’minlashga oid jiddiy muammolarni aniq ko‘rsatmoqda», deyiladi CIT bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!