Rossiya razvedkasi barchasini oldindan bilgan

Rossiya razvedkasi barchasini oldindan bilgan

Rossiya razvedkasi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirish operasiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotganini oldindan bilgan, biroq bu haqda Putinga aytmaslikka qaror qilishgan, deb yozadi Bloomberg Kremldagi manbasiga tayanib.

Rossiya razvedkasi Kursk viloyatiga bostirib kirilishidan 2 hafta oldin Ukraina chegara hududda o‘z kuchlarini to‘playotgani haqida Bosh shtab rahbari Gerasimov va Rossiya Federasiyasi oliy harbiy rahbariyatini ogohlantirgan. Bosh shtab bu haqda hech kimga, jumladan prezident Putinga ham xabar bermaslikka qaror qilgan.

Bloomberg shuningdek, Kremlda Gerasimovdan norozilik kuchayib borayotganini, ammo u yaqin orada lavozimidan ozod etilmasligini yozadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!