Rossiya QK Ukrainaning o‘q-dorilar omboriga zarba berdi

Rossiya QK Ukrainaning o‘q-dorilar omboriga zarba berdi

Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojyedagi “Motor Sich” zavodi sexlariga va Ukraina armiyasining 65-mexanizasiyalashgan brigadasi omboriga zarba berdi, natijada ikkita Mi-24 vertolyoti, 15 tonna o‘q-dorilar, shu jumladan HIMARS raketa tizimlari uchun snaryadlar va samolyotlarni ta’mirlash ustaxonasini yo‘q qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Zaporojye shahri yaqinida raketa zarbalari Ukraina Qurolli kuchlarining 65-mexanizasiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar omboriga, shuningdek, “Motor Sich” zavodi hududidagi samolyotlarni ta’mirlash ustaxonalariga kelib tushdi. 15 tonnadan ortiq o‘q-dorilar, jumladan, Amerikaning HIMARS raketa tizimi uchun snaryadlar, shuningdek, Ukrainaning ikkita Mi-24 jangovar vertolyotlari yo‘q qilindi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!