Rossiya nodo‘st davlatlar bilan o‘z zarariga ishlamaydi – Putin

Rossiya nodo‘st davlatlar bilan o‘z zarariga ishlamaydi – Putin

Putin: Bizga nisbatan ochiq-oydin do‘stona munosabatda bo‘lmaganlar bilan zarariga ishlamaymiz.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tomoni sanksiyalarga qaramay ishonchli hamkor bo‘lib qolishini, ammo do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan zarariga ishlamasligini aytdi.

Bu haqda u metallurgiya sohasidagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deb yozmoqda RT.

“Rossiya har qanday siyosiy muammolardan qat’i nazar, xorijiy xaridorlar va hamkorlar uchun har doim metallurgiya mahsulotlarini ishonchli va mas’uliyatli yetkazib beruvchi bo‘lib qoladi. Ammo bizga nisbatan ochiq-oydin do‘stona munosabatda bo‘lmaganlar bilan zarariga ishlamaymiz”, - dedi Putin.

Putin, shuningdek, bu nafaqat metall bozoriga, balki boshqa eksport tovarlariga ham tegishli ekanligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!