Rossiya kuchlari Ugledarga yaqinlashmoqda – Pushilin

Rossiya kuchlari Ugledarga yaqinlashmoqda – Pushilin

Rossiya bo‘linmalari DXRdagi Ugledarga yaqinlashmoqda. Bu haqda DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.

“Ugledar atrofi janubdan, janubi-g‘arbiy tomondan va hattoki g‘arbiy tomondan hozir bizning nazoratimiz ostida”, - dedi u videomurojaatida.

Shu bilan birga, Pushilinning ta’kidlashicha, vaziyat murakkabligicha qolmoqda, chunki Kiyev bu yo‘nalishga dengiz piyodasi brigadasini o‘tkazgan. Shunga qaramay, u rus qo‘shinlari yuklangan vazifalarni biroz uzoqroq muddatda bajara olishiga ishonch bildirdi.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operasiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!