Rossiya kosmik qurilmalari haqida maxfiy ma’lumot internetda paydo bo‘ldi

Rossiya kosmik qurilmalari haqida maxfiy ma’lumot internetda paydo bo‘ldi

Internetda Rossiya kosmik qurilmalari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ularning yaratilishi va uchirilishi haqida oldin hech qanday axborot e’lon qilinmagandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qurilmalarni tayyorlagan kompaniya bu ma’lumotlarni oshkor etish noqonuniy ekanligini alohida ta’kidlamoqda.

Internetda sun’iy yo‘ldoshlarning nomi, ularni tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Saturn kompaniyasi bosh muhandisi Sergey Lixonosov so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar Krasnodar shahrida o‘tkazilgan konferensiyada e’lon qilingan. Biroq ularni interenetga joylashtirish huquqi hech kimga berilmagan.

Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, maxfiy ma’lumotlarni internetda e’lon qilgan shaxsga nisbatan chora ko‘riladi.

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!