Rossiya hududida Yevropaning o‘nlab ommaviy axborot vositalariga kirish imkoniyatini cheklandi

Rossiya hududida Yevropaning o‘nlab ommaviy axborot vositalariga kirish imkoniyatini cheklandi

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik taqdim qilgan ro‘yxatga 25 davlatning 81 ta nashr, agentlik va telekanali kiritilgan. Ular orasida Agence France-Presse, Politico, La Stampa, La Repubblica, El Pais, El Mundo, Der Spiegel, Belsat, EUobserver kabi ommaviy axborot vositalari bor.

Qayd etilishicha, ushbu taqiqlar Rossiyaning “RIA Novosti”, “Izvestiya” va “Rossiyskaya gazeta” nashrlarining Yevropa Ittifoqidagi eshittirishlarini taqiqlanishiga javoban amalga oshirilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, agar rus ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlansa, Moskva ham ko‘rsatilgan media nashrlarga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!