Rossiya Federasiyasida ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federasiyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda zavod qurilishida ishlash uchun 4200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rniga fuqarolar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishlashi mumkin:
- armatura ishlariga;
- beton quyish ishlariga;
- elektrgaz payvandlash ishlariga;
- elektr montaj ishlariga;
- montajchi-usta ishlariga;
- duradgorlik ishlariga;
- qurilish havozalarini o‘rnatish ishlariga;
- quvurlarni montaj qilish ishlariga;
- bo‘yoqchilik ishlariga;
- yordamchi ishchilar.
Oylik maosh: 40-60 ming rubl.
Ish vaqti: haftasiga 5 kun 8 soatdan.
Sinov muddati: 3 oy
Ishga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2-3 yillik tajribaga ega, O‘zbekistondan chiqish va Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilmagan 24 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar taklif etiladi.
Ishchilarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish, yashash xarajatlari ish beruvchi kompaniya tomonidan qoplab beriladi.
Ishchilar tibbiy va baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanadi. Agar koronavirusga chalinsa, qurilish ob’ektida tashkil etilgan COVID-19ga ixtisoslashgan gospitalda ish beruvchi tomonidan davolanishi ta’minlanadi.
👉Ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tish
☎️Murojaat uchun
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi - 71 202 33 55
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 61 222-53-32 / 61 222-53-34
Andijon viloyati 95 202-33-55
Buxoro viloyati 65 226-56-92 / 99 708-49-98
Jizzax viloyati 72 226-91-97 / 72 226-91-87
Qashqadaryo viloyati 75 224-05-25 / 97 770-04-92
Navoiy viloyati 79 224-11-60
Namangan viloyati 69 227-94-64 / 69 227-97-27
Samarqand viloyati 66 233-24-00 / 66 233-53-00
Sirdaryo viloyati 67 225-55-59
Surxondaryo viloyati 76 222-45-22
Toshkent viloyati 71 250-78-15 / 71 281-24-72
Farg‘ona viloyati 73 244-40-01 / 73 244-40-05
Xorazm viloyati 62 224-12-35 / 97 518-12-35
Toshkent shahri 71 202-33-55 (ichki raqam 39) / 97 429-84-20