Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi

Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi urush sharoitida Rossiya energetikasiga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, Yevropada Rossiyadan gaz importi may oyida deyarli ikki yil ichida birinchi marta AQSh yetkazib berishidan oshib ketdi.

Biz boshdan kechirgan barcha ishlar va energiya ta’minotidagi xavfni kamaytirish uchun qilgan barcha urinishlarimizdan so‘ng Yevropa bozorida Rossiya gazining ulushi ortib borayotganini ko‘rish hayratlanarli, — deya Financial Times ICIS konsalting kompaniyasining gaz tahlili bo‘limi rahbari Tom Marzek-Manserdan iqtibos keltiradi.

Rossiya-Ukraina urushi boshlangach va Moskva Yevropaga quvur orqali gaz yetkazib berishni qisqartirganidan so‘ng, mintaqa suyultirilgan tabiiy gazga (STG) tayangan. Nashrga ko‘ra, AQSh uning asosiy yetkazib beruvchisiga aylangan.

Qayd etilishicha, 2022 yil sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketgan. 2023 yildan beri Amerika Yevropadagi barcha xaridlarning beshdan bir qismini tashkil qilgan.

ICIS statistikasiga ko‘ra, 2024 yil may oyida Rossiyadan yetkazib berilgan gaz Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Serbiya, Bosniya va Gersegovinya hamda Shimoliy Makedoniya Respublikasiga yetkazilgan umumiy gaz hajmining 15 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga, AQSh tomonidan xuddi shu davlatlarga yetkazib berilgan STGning may oyidagi darajasi 14 foizni tashkil etgan.

May oyidagi yetkazib berishlar ayrim omillar, jumladan, AQShdagi yirik eksport qiluvchi STG korxonasidagi avariya hamda Rossiya iyun oyida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari oldidan Turkiya orqali ko‘proq gaz o‘tkazish holatlari ta’sir qilgan, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!