Rossiya YEOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi

Rossiya YEOIIdan boshqa davlatlarga guruch eksportini taqiqladi

Rossiya Qishloq xo‘jaligi hukumati guruch, guruch yormalari va ozuqa aminokislotalarini eksport qilishni 2022 yilning 31 dekabrigacha chekladi.

Xususan, L-lizin sulfat, L-lizin monohidroxlorid va DL-metionin – hayvonlarning to‘liq oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim ozuqa aminokislotalariga vaqtinchalik eksport cheklovlari joriy etildi.

Ushbu qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ushbu mahsulotlarning ichki narxlarini barqaror saqlash, shuningdek, chorvachilik va qayta ishlash tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq ushbu mahsulotlarni YEOII davlatlari, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donesk va Lugansk xalq respublikalariga, shuningdek, xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida eksport qilishga taalluqli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!