Rossiya elitasida Putinning o‘zi boshlagan urushda g‘alaba qozonishiga shubhalar kuchaymoqda — Bloomberg

 Rossiya elitasida Putinning o‘zi boshlagan urushda g‘alaba qozonishiga shubhalar kuchaymoqda — Bloomberg

Rossiyadagi eng yuqori siyosiy va ishbilarmon doiralarda ko‘pchilik urushdan charchagan va uning tugashini xohlaydi, deb yozadi agentlik anonim qolishni istagan Rossiya Federasiyasidagi ichki vaziyatdan xabardor yettita suhbatdoshiga tayanib.

Bloomberg'ning qo‘shimcha qilishicha, hatto eng optimist suhbatdoshlar ham Ukrainaning hozirda bosib olingan hududlarini saqlab qolish maqsadida yil oxirigacha Rossiya Federasiyasi uchun muzokaralar olib borish va mojaroni muzlatish eng yaxshi variant deb hisoblashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!