Rossiya Burkina-Fasoda elchixona ochish ustida faol ishlamoqda

Rossiya Burkina-Fasoda elchixona ochish ustida faol ishlamoqda

Rossiya Burkina-Fasoda elchixonasi ochish ustida faol ishlamoqda, dedi Rossiyaning Kot-d'Ivuar va Burkina-Fasodagi elchisi Aleksey Saltikov.

“Uagaduguda elchixonani qayta ochish masalasi ishlab chiqilmoqda. Biz bu masala ustida ishlayapmiz”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Saltikov bu Rossiyaning Afrika qit’asidagi davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik kursiga mos kelishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!