Rossiya BMT Nizomini hurmat qilishga tayyorligini bildirsa, tinchlik jarayoniga qo‘shilishi mumkin

Rossiya BMT Nizomini hurmat qilishga tayyorligini bildirsa, tinchlik jarayoniga qo‘shilishi mumkin

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari yakshanba kuni Shveysariyada bo‘lib o‘tgan tinchlik sammiti yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. «Rossiya BMT Nizomi asosida tinchlikka tayyor ekanini aytsa, uni tinchlik sa’y-harakatlariga jalb qilish vaqti keladi. Umid qilamanki, bu tez orada amalga oshadi», - dedi fon der Lyayen.

Evrokomissiya rahbari Moskvani jahon hamjamiyatining Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish, zo‘ravonlikni kamaytirish va ukrainalik bolalarni vatanga qaytarish zarurligi haqidagi chaqiriqlarini eshitishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!