Rossiya 2029 yilda NATO'ga qarshi urush boshlashi mumkin, ba’zi tahlilchilarning fikricha bu undan ham oldinroq bo‘ladi — Germaniya mudofaa vaziri.
Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, harbiy mutaxassislar va razvedka agentliklari Rossiya qachon o‘z qurolli kuchlarini Sharqiy Yevropadagi NATO mamlakatlaridan biriga zarba bera oladigan darajaga yetkazishini taxmin qila oladi.
"Biz har doim bu 2029 yilda sodir bo‘lishi mumkinligini aytganmiz. Biroq ushbu hujum 2028 yildayoq amalga oshadi hisoblaydiganlar bor va hatto ba’zi harbiy tarixchilar bu bizning oxirgi tinch yozimiz bo‘lganini aytishmoqda", — deya fikr bildirdi Pistorius.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyadan tahdid holati so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgargan, ammo G‘arb buni juda kech, 2022 yildagina anglagan.
"Moskva imperializm g‘oyasi asosida harakat qiladigan shafqasiz dushman. Biz bunga yanada yaxshiroq tayyor bo‘lishimiz kerak. NATO o‘zini himoya qila olmasligi haqida taassurot qoldirmasligi zarur. Alyans sezilarli darajada to‘xtatuvchi salohiyatga ega. Buzda an’anaviy va yadroviy, ammo ular yanada yaxshi jihozlangan bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.