“Rossiya 1” telekanali ijodkorlari Buxoroda

Rossiyaning taniqli ommaviy axborot vositalari yurtimizning tarixiy shaharlarini suratga olishga doir keng ko‘lamli hamkorlik loyihalarni amalga oshirmoqda.
“Rossiya 1” telekanalining “Vesti nedeli” ko‘rsatuvi jurnalistlari Buxoroning Mir Arab madrasasi, uning faoliyati, qolaversa, hunarmandchilik markazlari va Buxoroda saqlab qolingan urf-odatlar haqida maxsus reportaj suratga olishdi.
Mazkur maxsus reportaj joriy yilning 26 noyabr kuni efirga uzatilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)