Ronalduga Saudiya Arabistoni byudjetidan maosh to‘lanadi

Ronalduga Saudiya Arabistoni byudjetidan maosh to‘lanadi

Krishtianu Ronaldu maoshining katta qismi Saudiya Arabistoni budjetidan to‘lanadi.

The Atletic xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «Al-Nasr»da yiliga taxminan 175 million funt (taxminan 200 million yevro) oladi.

«Al-Nasr»ning o‘zi bu summaning atigi 10 foizini to‘laydi. Qolgan 90 foizi Saudiya Arabistoni budjeti hisobidan qoplanadi.

«Bu futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bilan yonma-yon bo‘lish imkoniyatidir. Bu bizning klubimiz, Saudiya Arabistoni va butun mintaqa uchun tarixiy lahzadir», dedi "Al-Nasr" manbasi.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!