Ronaldu hayotidagi eng yomon lahza haqida gapirdi

Ronaldu hayotidagi eng yomon lahza haqida gapirdi

Krishtianu Ronaldu tug‘ruq vaqtida vafot etgan o‘g‘lining o‘limini hayotidagi eng yomon lahza deb atadi.

Aprel oyida «Manchester Yunayted» hujumchisining sevgilisi Jorjina Rodriges egizak farzand dunyoga keltirishi kerak edi, biroq faqat bir bola — qiz tirik qoldi.

«Bu otam vafot etganidan beri hayotimdagi eng yomon lahzadir. Farzandli bo‘lsangiz, hamma narsa yaxshi bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz. Bu qiyin, men tirik odamman. Jorjina va men uchun og‘ir davr edi. Nima uchun bu biz bilan sodir bo‘lganini tushunmadik. Rostini aytsam, haqiqatan ham qiyin edi. Ehtimol, o‘sha davr hayotimdagi eng qiyini edi. Men va oilam uchun, ayniqsa, Jorjina uchun.

Ba’zan oila a’zolarim va do‘stlarimga qizim tug‘ilganidagi qayg‘u hamda quvonchni bir vaqtning o‘zida his qilmaganimni tushuntirishga urinaman. Tushuntirish qiyin, yig‘lashni yoki quvonishni bilmaysan. Bunga qanday munosabatda bo‘lishni bilmaysan», — dedi portugaliyalik futbolchi Pirs Morganga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!