RIA Novosti: Tojikistonda hibsga olinganlarning Krokus hujumchilariga aloqasi yo‘q

RIA Novosti: Tojikistonda hibsga olinganlarning Krokus hujumchilariga aloqasi yo‘q

Tojikistonda o‘tgan haftada qo‘lga olingan teraktlarni rejalashtirganlikda gumon qilingan 15 kishining «Krokus»dagi hujumchilarga aloqasi yo‘q, deb xabar berdi RIA Novosti agentligining Tojikiston razvedka xizmatlaridagi manbasi.

O‘tgan hafta Rossiya davlat agentligi Tojikistonda «Krokus» hujumi ishtirokchilariga aloqadorlikda gumon qilinib, kamida to‘qqiz kishi hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Reuters o‘z manbalariga tayanib, qo‘lga olinganlarning barchasi Vaxdat shahri aholisi ekanligini, ular Dushanbega olib ketilganini yozdi.

144 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan «Krokus»ga uyushtirilgan hujumda qo‘lga olinganlarning 8 nafari Tojikiston fuqarolaridir. Sakkizinchisi qirg‘izistonlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!