"Real" yulduzi jamoani tark etishga qaror qildi

Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio yozda jamoa bilan xayrlashadi.
Relevo tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli hujumchi klubning yangi shartnomasini rad etgan. U "qirollik klubi"ga xurmat ko‘rsatgan holda La Liga klubiga o‘tmaydi.
Ma’lumot uchun, Asensioning shartnomasi yozda yakunlanadi. U jamoa safida shu vaqtga qadar 285 ta o‘yinda 61 ta gol urib, 32 ta assist qayd etgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)