«Real»ning ba’zi futbolchilari Zidanning iste’fosini istamoqda

«Real»ning ba’zi futbolchilari Zidanning iste’fosini istamoqda

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi avvalgi obro‘sini yo‘qotgan.

ESPN xabariga ko‘ra, ba’zi futbolchilar Zidanning mahorati pasaygan deb hisoblamoqda va iste’foga chiqarilishini istamoqdalar.

Agar Zidan ishdan olinsa, uning o‘rniga Joze Mourinyo asosiy nomzod sifatida qaralyapti.

Klub rahbariyati yozgi transferlardan mamnun va tarkibni kuchli deb hisoblamoqda. Yozda klub 6 nafar futbolchini, jumladan, yarimhimoyachi Eden Azar va hujumchi Luka Yovichni xarid qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 11 oylik tanaffusdan so‘ng «Real»ga qaytgan edi va shu paytgacha o‘tkazilgan 11 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozondi, xolos.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!