«Real Madrid» Mbappening taqdimoti Ronalduning marosimini ortda qoldirishiga ishonmoqda

«Real Madrid» Mbappening taqdimoti Ronalduning marosimini ortda qoldirishiga ishonmoqda

Madridning «Real» klubi fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe taqdimotiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

"El Debate" xabariga ko‘ra, klub ushbu tadbir Krishtianu Ronalduning 2009 yildagi marosimidan ham ommaviyroq bo‘lishiga ishonchi komil. O‘shanda portugaliyalikning «Santyago Bernabeu» stadionidagi taqdimotiga 85 ming kishi tashrif buyurgandi.

25 yoshli Mbappe «Real» bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. 2017 yildan 2024 yilgacha u parijliklar safida to‘p tepgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!