Rasul Kusherbayev: "Umid qilamanki, "bosh og‘riqlar" boshqa meni bezovta qilmaydi"

Rasul Kusherbayev: "Umid qilamanki, "bosh og‘riqlar" boshqa meni bezovta qilmaydi"

Oldinroq Bosh prokuratura Rasul Kusherbayev bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib, yakuniy xulosa bergani haqida ma’lum qilgandik. Deputatning o‘zi ham bu haqda fikr bildirdi.

"Internet tarmoqlarida men bilan bog‘liq gap - so‘zlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu jarayonga o‘zim guvoh bo‘lib, mamlakatimizda deputatlik daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘sini muhofaza qilish masalasiga mas’uliyat  bilan  yondashilayotganligini  kuzatib  bordim. 

Eng muhimi, deputatlarning Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar jarayonida xalq vakili sifatida o‘z vazifasiga ongli ravishda vijdonan yondashib, saylovchilar manfaati yo‘lida intilishi xolis faoliyat bo‘lib, bu borada unga hech qanday ta’sir ko‘rsatilishi mumkin emas. Bunday ta’sirlar keskin qoralanadi. Bosh prokuratura va mazkur tizim bu borada deputatlarni doimo qo‘llab - quvvatlashga tayyor ekanligini bildirmoqda.

Umid qilamanki, aytilayotgan va qilinayotgan ishlar birligi yo‘lida o‘zaro hamkorlik va ishonch yuqori ruhda davom etadi, tushunarsiz “bosh og‘riqlar” boshqa bezovta qilmaydi.

Fursatdan foydalanib, shaxsan Bosh prokurorimizning xalq vakillari va jamoatchilik faollarini qo‘llab-quvvatlash, ishchanlik obro‘sini muhofaza qilishdagi alohida yondashuvini  olqishlab,  minnatdorlik  bildiraman! 

Xullas, men bilan hammasi joyida".  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!