Rasul Kusherbayev: "Farzandlarim, yaqinlarimga jabr yetib qolishidan qo‘rqaman" (VIDEO)

Rasul Kusherbayev: "Farzandlarim, yaqinlarimga jabr yetib qolishidan qo‘rqaman" (VIDEO)

O‘zLiDeP tomonidan "Ochiqcha gaplashamiz” rukni ostida yangi loyihaga start berildi. Unga ko‘ra loyihaning dastlabki mehmoni o‘sha partiyadan nomzodi qo‘yilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Rasul Kusherbayev bo‘ldi.



Loyiha doirasidagi suhbatla jurnalist deputatga 1 va 5 yillikka qilgan rejalari hamda muammoli vazityalardan qo‘rqish qo‘rqmasligi xususida so‘radi.

“Agar qo‘rqadigan bo‘lsam bu yerda deputat bo‘lib o‘tirish kerak emas. Agar ishimni qonuniy, asosli deb biladigan bo‘lsam, qo‘rqmayman. Nimadan qo‘rqaman? O‘zimdan emas, farzandlarim, yaqinlarimga jabr yetib qolishidan qo‘rqaman. Ohirgi paytlari buni ko‘p o‘ylayapman. Shunaqa o‘ylashimga sabablar bo‘lyapti. Yaqin 5 yillikka reja tuzmaganman ochig‘i” – dedi Rasul Kusherbayev.

Shuningdek, deputat yaqin kelajakda albatta saylovoldi dasturida va’da bergan ishlarni amalga oshirishini reja qilganini aytdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!