Rasman! Messi «PSJ»ni tark etadi!

Rasman! Messi «PSJ»ni tark etadi!

Lionel Messi joriy mavsum so‘ngida «PSJ»ni tark etadi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Kristof Galtye ma’lumot berdi.

«Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini boshqarish baxti menga nasib etdi. «Park de Prens»da «Klermon»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin Messi uchun klub safidagi eng oxirgisi bo‘ladi. Umid qilaman, muxlislar uni iliq kuzatib qo‘yishadi», – dedi Galtye.

Argentinalik futbolchi joriy mavsumida Fransiya chempionati doirasida 31 o‘yinda ishtirok etib, 16 gol va 16 assist muallifiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!