Rasman. «Barselona» yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Rasman. «Barselona» yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Barselona» klubi «Rasing» yarim himoyachisi Pablo Torre bilan shartnoma imzoladi. Kataloniyaliklar 18 yoshli futbolchi uchun 5 million yevro to‘lashdi va u bilan 4 yillik shartnoma imzolashdi. Pabloning shartnomadagi tovon puli 100 million yevro etib belgilandi.

Iqtidorli futbolchi «Barselona B» a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shu qaramay, u kelasi mavsumda Xavi boshchiligidagi jamoaga jalb etiladi.

Torre o‘tgan mavsumda "Rasing" safida quyi ligada 10 gol va 11 assist muallifiga aylandi va jamoasining Segunda ligaga chiqishiga yordam berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!