Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti – UDEA (University of Digital Economics and Agrotechnologies) “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti – UDEA (University of Digital Economics and Agrotechnologies) “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti – UDEA (University of Digital Economics and Agrotechnologies) “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi.

10,11-12 avgust kunlari soat 12:00 dan 19:00 gacha tashrif buyurib, univeristet afzalliklari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Jumladan:
• xalqaro akademik muhitda ta’lim olish;
• raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar yo‘nalishlaridagi joriy tadqiqotlar va texnologiyalar bilan tanishish;
• hayotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish;
• o‘z sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilish;
• individual rivojlanish rejasi bo‘yicha faqat yeng kerakli fanlarni o‘rganish;
• o‘quv dasturlarining nazariy va amaliy jihatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash.

Shu bilan birga, xohlovchilar universitet hududi bo‘ylab ekskursiyada qatnashishlari, “Raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani – iqtisodiyot fanlari doktori Sherzod Aktamovning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi va “Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligi haqidagi hamda “Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar” fakulteti dekani – iqtisodiyot fanlari doktori Abdulla Ibragimovning “Agrobiznes va investision faoliyat” yo‘nalishi haqidagi qiziqarli ma’ruzalarini tinglashlari mumkin bo‘ladi.

Tadbir so‘ngida mehmonlar uchun universitet xodimlari davrasida kichik ziyofat kutilmoqda.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Boshliq ko‘chasi, 3.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!