Bu savolga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev shunday javob bergan:
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Shariatimizda Ramazonda tug‘ilgan bolaga ro‘zaga moslab ism qo‘yish shartligi haqida ko‘rsatma yo‘q. Ba’zilarning: «Bola Ramazon oyida tug‘ilsa, Ramazon, Ro‘zi va Hayit ismini qo‘yish kerak» degan va yana shunga o‘xshash gaplari asossiz va dinimizga aloqasi yo‘qdir. Musulmonchilik an’analariga ko‘ra, Alloh taologa bandalik ma’nosini ifodalovchi, payg‘ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Unutmaylik, ramazon – Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy bo‘lgani uchun aynan shu oyda Qur’oni karimni ko‘proq o‘qish tavsiya qilinadi. Zero, Qur’oni karim eng ulug‘, eng afzal zikrdir. Bundan tashqari tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig‘for (Astag‘firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.