Ramazon! Benzema «Chelsi»ga qarshi o‘yin boshlanishiga 13 daqiqa qolganda «og‘iz ochgandi»

Ramazon! Benzema «Chelsi»ga qarshi o‘yin boshlanishiga 13 daqiqa qolganda «og‘iz ochgandi»

Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Karim Benzema kecha bo‘lib o‘tgan "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasida o‘yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborli tomoni, kecha Londonda Ramazon ro‘zasining og‘iz ochish vaqti "Chelsi" - "Real" uchrashuvi boshlanishidan 13 daqiqa oldinga to‘g‘ri kelgan va Karim Benzema bevosita maydonga tushish oldidan yengil iftor qilgan.

"Ramazon hayotimning bir qismi hisoblanadi. Mening dinim ro‘za tutishni farz qilgan. Bu men uchun muhim ahamiyatga ega. Ro‘za tutganimda o‘zimni yaxshi his qilaman. Bu o‘yinimga salbiy ta’sir qilmaydi.

Bu sehrli kecha bo‘ldi. Biz Londonga haqiqiy "Madrid"ni ko‘rsatish uchun kelgandik", — dedi Benzema o‘yindan keyin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!