Rafinya Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Rafinya Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

«Barselona» yarim himoyachisi Rafinya UYEFA tomonidan YECHLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Braziliyalik futbolchi YECHL chorakfinal o‘yinida «PSJ» darvozasiga ikkita gol urib, «Barsa»ning g‘alabasiga (3:2) hissa qo‘shgandi.

Rafinyadan tashqari, Fil Foden («Manchester Siti»), Martin Edegor («Arsenal») va Antuan Grizmann («Atletiko») ham Chempionlar ligasida hafta qahramoni bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!