Quyosh ko‘zoynagi zarar keltirishi mumkin (agar to‘g‘ri tanlamasangiz)
Bugun cizlar bilan tibbiy nuqtai nazardan quyoshdan himoya qiluvchi optikani qanday tanlash haqida gaplashamiz.
Ko‘zoynakning asosiy vazifasi ko‘zni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilishdir. Shuning uchun, birinchi navbatda, ular ishonchli filtrga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak, aks holda quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar ko‘zingizga zarar yetkazadi.
Quyosh ko‘zoynaklari uchun ideal variant ultrabinafsha nurlarini 100% blokirovka qilishdir. Bunday himoya UV400 belgisi bilan bilinadi. Ushbu indikator ko‘zoynaklar to‘lqin uzunligi 400 nanometrgacha bo‘lgan ultrabinafsha spektrning barcha nurlarini to‘sib qo‘yishini kafolatlaydi. Qabul qilinadigan minimal qiymat - UV380.
Yana bir muhim nyuans - ko‘zoynakning rangi. Kulrang va jigarrang oyna rang idrokiga deyarli ta’sir qilmaydigan universal variant bo‘lib, shuning uchun haydovchilar uchunmos keladi.
Sariq yoki sarg‘ish linzalar bulutli ob-havoda, shuningdek, tong yoki kechqurun foydalanish uchun ayni muddao. Ko‘zlarga zararli bo‘lgan ko‘k spektrni blokirovka qilish orqali sariq linzalar kam yorug‘lik sharoitida yaxshi kontrastni ta’minlaydi, ammo ulardagi rang idroki sezilarli darajada buziladi.
Pushti linzali ko‘zoynaklar o‘zgaruvchan yorug‘lik sharoitida bo‘lganlar uchun foydalidir.
Moviy linzalar yaxshi tanlov emas - ular nafaqat rang berishni buzadi, balki spektrning ko‘k qismining ko‘zlariga erkin kirishni ham ta’minlaydi.
Qizil linzali ko‘zoynaklar ham muvaffaqiyatsiz xaridlar toifasiga kiradi. U zamonaviy bo‘lsa-da, qizil rang ko‘zning charchashiga olib keladi va asab tizimini bezovta qiladi. Bunday ko‘zoynaklarni faqat qisqa muddatli foydalanish uchun tanlang.
