Qur’oni Karimning 300 metrli eng uzun qo‘lyozmasi namoyish etildi

Qur’oni Karimning 300 metrli eng uzun qo‘lyozmasi namoyish etildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tkazilayotgan 38-xalqaro kitob ko‘rgazmasida 300 metr uzunlikdagi Mushaf qo‘lyozmasi namoyish etildi.

The National nashrining yozishicha, qo‘lyozma muallifi, hindistonlik rassom M Dileef ekani aytilgan. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Qur’oni karimning to‘liq ko‘chirilganidan keyingi qo‘lyozma shakli 1 kilometr uzunlikda bo‘ladi.

Rassom Allohning Kalomini butun dunyoga yoyishni maqsad qilganini aytib, ushbu qo‘lyozma Hindiston, Turkiya singari mamlakatlarda namoyish etilganini qayd etgan. Endilikda Yevropa bo‘ylab ko‘rgazmalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Sharjada o‘tayotgan kitob ko‘rgazmasi joriy yilning 9 noyabriga qadar davom etadi. Unda 2000 dan ortiq dunyo nashriyotlari o‘z kitoblari bilan ishtirok etmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!