Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MCHJ moddiy javobgar shaxslarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MCHJ moddiy javobgar shaxslarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman “Dehqon bozori” MCHJ moddiy javobgar shaxslari MCHJning 201,7 mln so‘mini hech qanday asossiz ish haqi va rag‘batlantirish sifatida olishganligi, shuningdek savdo hamda xizmat ko‘rsatishdan tushgan 157 mln so‘mni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!