Qo‘rboshi ayollar

Qo‘rboshi ayollar

c

Boshqa manbalarda yozilishicha “Qo‘r” bu qirq sonidir va “boshi” boshqaruvchisi ya’ni qirq nafar insonni boshqaruvchisi deyiladi. Shuningdek yuzboshi va mingboshi kabi atamalar ham shu kabi unvondir deydi manbalarda.

O‘zMEda ham bu atamani uch xil talqin qilgan.

Birinchisi, o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xonliklari va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qo‘riqlovchi mirshab; so‘ngra qurol-yarog‘ ombori (qo‘r) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yaroqlar va to‘p yasash korxonalari (qo‘rxona) boshlig‘i. Qo‘qon xoni Xudoyorxon davrida Qo‘rboshi qo‘rxona, miltiqxona, to‘pxonalarga boshchilik qilib, u xom ashyo topib kelishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoan tarqatish jarayoniga boshchilik qilgan;

Ikkinchisi, Turkiston o‘lkasida Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda mahalliy polisiya boshlig‘i. Masalan, Qo‘qon va Marg‘ilonda 1917 yilda shahar mirshablarining boshlig‘i Qo‘rboshi deb atalgan;

Uchinchisi, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat harbiy rahbarlarining unvoni. Qo‘rboshi xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan obro‘li shaxs hisoblangan. Qo‘rboshilar orasida hatto ayollar ham bo‘lgan, deyiladi. Ha, qo‘rboshilar qatorida ayollar ham huddi erkaklardak, balki erkaklardan ham kuchli jasorat ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Misol tariqasida, karmanalik Nodira qiz Ibrohimbekning qo‘shinida maxsus ayollar guruhiga boshchilik qildi va Sharqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshi jang qildi.

Oltiariqlik, Shakarxon esa, Farg‘ona vodiysida Qizil askarlarga qarshi mardlarcha jang qilib, ayovsiz kurashgan kerak bo‘lsa so‘nggi tomchi qoni qolgunicha urushib, Skobelev shahridagi o‘z o‘limini kutib yotgan “erkak” asirlarni ozod qilgani haqida ma’lumotlar mavjud.

O‘shlik Xolxo‘ja Eshonning singlisi Oyshaxon qo‘rboshi, bu ayolni o‘sha davr odamlari “Oyim qo‘rboshi” deb, nomlasa, Rus komandirlari “Amazonka ayol” (Jangchi ayol) deyshardi. O‘shlik Oyimning chindan ham jasoratli ekanini bosqinchilar ham bilar edi. Oyim O‘zgandagi qamoqxonadan bir qancha mahbuslarni ozod qilgan.

Shuningdek Vodiydagi boshqa jasoratlari bu oyimni tarixga muhrladi. Biroq bu Afsonaviy jangchi ayolni Sovetlar turli tuman bo‘xtonlar bilan xalqimizga yomonotliq qilib, gap so‘zlar tarqatishgan. Agar nasib qilsa, biz bu ayollarimiz haqidagi ma’lumotlarni manbalar asosida o‘rganib, post qilib qo‘yamiz.

Biz uzoq o‘tmishdagi To‘marislarizni bilamiz, yaqin o‘tmishdagi jasur, o‘z erlari va aka-ukalari, jigarlari otalari yonida jang qilgan ayollar haqida bilmasdan o‘tmoqdamiz. Bu ayollarimiz xalqimizni bosqinchilardan himoya qilaman deb, o‘z jonlarini tikib jang maydoniga kirishgan. Xalqimizda bunday jasur ayollar ko‘p bo‘lgan.

Manba: tarjumon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!