Qo‘qonlik o‘smirlar yarim tunda "Malika"ga bosqinchilik uyushtirdi

Qo‘qonlik o‘smirlar yarim tunda "Malika"ga bosqinchilik uyushtirdi

Toshkent shahri. 2021 yilning 18 yanvar kuni tungi soat 01:30 larda noma’lum shaxslar o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan “Malika” savdo majmuasining A-blok 29-do‘koniga kirish eshik oynasini o‘tkir tig‘li jism yordamida ochib g‘ayriqonuniy ravishda kirib fuqaro 26 yoshli Adhamjon YU.,ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 74.172.000 so‘mga teng bo‘lgan 2 dona noutbuk kompyuteri va turli rusumdagi 8 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida mazkur o‘g‘rilik jinoyatini Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar 18 yoshli Jasurbek X., Oyatulloh A., va voyaga etmagan 16 yoshli Alisher N.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!