Quloqda shovqin eshitilishi kasallikmi?

Quloqda shovqin eshitilishi kasallikmi?

✅ Quloqda shovqin eshitilishi ilmiy tilda “tinnitus” deb nomlanadi. Bu holat tinch va shovqinsiz holatlarda ham kuzatiladi. Quloqdagi kasalliklar yoki tiqilmalar, migren va uzoq vaqt davom etgan shamollashlar bunga sabab bo‘ladi.

🔸Kasallikni o‘z vaqtida davolamaslik eshitishning pasayishi, quloq pardasining yallig‘lanishi, bosh og‘rig‘i va hayot sifatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Davolash esa asosiy sababni bartaraf etish bilan amalga oshiriladi.

🔹Kasallikning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish va quloqlarni doim toza saqlash lozim. Tozalash uchun paxtali tayoqchalardan ko‘p foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu quloqdagi tiqilmalarning yanayam ichkariga kirishiga va yig‘ilib eshitish yo‘llarining berkilib qolishiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!