Qozog‘istonning sobiq poytaxtida Wildberries tarqatish markazi qurila boshlandi

Qozog‘istonning sobiq poytaxtida Wildberries tarqatish markazi qurila boshlandi

Qozog‘iston hukumati xabar berishicha, Olmaotada Rossiyaning Wildberries bozori uchun 100 ming kvadrat metrdan ortiq logistika tarqatish markazi qurilishi boshlandi.

Hozirgi bosqichda loyihaga 12,9 milliard tenge (27,2 million dollar) sarmoya kiritildi.

Yangi tarqatish markazi 2025 yilning ikkinchi choragida foydalanishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Bu Rossiyadan tashqarida birinchi Wildberries loyihasidir. Ular ikkinchi shunday markazni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida tashkil etishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!