Qozog‘istonning bir qator banklari Rossiyaning “Mir” kartalari bilan operasiyalar bajarishni chekladi

Qozog‘istonning bir qator banklari Rossiyaning “Mir” kartalari bilan operasiyalar bajarishni chekladi

Shuningdek, Turkiyaning ikki yirik banki – İşbank va Denizbank “Mir” tizimi bilan ishlashdan bosh tortdi.

Qozog‘iston Xalq Banki “Mir” kartalariga bankomatlarda xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatdi, ammo standart rejimda xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda kartalarga xizmat ko‘rsatadi.

SentrKredit bankining xabar berishicha, “Mir” kartalarini faqat Rossiyaning sanksiyalar ostida bo‘lmagan ikkinchi darajali banklaridan qabul qiladi.

VTB Qozog‘iston bankida esa hammasi joyida. Istalgan bankning “Mir” kartalari bilan to‘liq xizmat ko‘rsatilmoqda. Bankomatlar tarmog‘i va bank kassalarida naqd pul yechib olish ham cheklovlarsiz amalga oshirilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!