Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonliklar jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan

Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonliklar jarohatlangan, 1 kishi vafot etgan

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20da Mang‘istau viloyati hududidagi Tajen–Beyneu avtomobil trassasida O‘zbekiston fuqarosi J.J. boshqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uchradi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi SH.X. vafot etdi.

Haydovchi va boshqa 5 nafar vatandoshimiz yengil jarohatlar olgan va davolanishga muhtoj emas.

Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va do‘stlariga ta’ziya izhor etgan va Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!