Qozog‘istonda texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Kostanay shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi qutqarildi, yana to‘rt kishi vayronalar ostida qolib ketmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir qavatli texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi binosida gaz-havo aralashmasi ta’sirida portlash sodir bo‘lgan. Voqea joyida qidiruv ishlari davom etmoqda. U yerda qutqaruvchilardan tashqari shifokorlar ham bor, ularga 12 kishi yordam so‘rab murojaat qilgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi yetib keldi. Tezkor shtab ishga tushirilib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish xizmatlarining barchasi ish olib bormoqda, deb xabar beradi mir24.tv.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!