Qozog‘istonda kuchli chang bo‘roni kuzatildi (VIDEO)

Qozog‘istonda kuchli chang bo‘roni kuzatildi (VIDEO)

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida chang bo‘roni kuzatildi, bu esa hukumatning ayrim mahalliy yo‘llarda harakatlanishni cheklashiga sabab bo‘ldi.

“KazAvtoJol” milliy avtomagistrali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘rishning yomonligi sababli "Dossor-Ko‘lsari-Beyneu-Say Utes-Shetpe-Jetibay-Aktau" yo‘li uchastkasida, shuningdek, Shetpe va Jetibay qishloqlari oralig‘ida transport harakati cheklandi.

Bir kun avval “Qazgidromet” Qozog‘istonning bir qancha viloyatlarida bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!