Qozog‘istonda koronavirus: Olmaota va Nur-Sultonda vaziyat jiddiy

Qozog‘istonda koronavirus: Olmaota va Nur-Sultonda vaziyat jiddiy

Qozog‘istonda so‘nggi bir kun ichida 1544 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, virus yuqtirganlarning umumiy soni 86192 nafar yetdi, deya xabar beradi chorshanba kuni mamlakat idoralararo komissiyasi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusdan sog‘aygan bemorlarning soni 56,6 mingdan oshadi. Mamlakatda koronavirusdan 793 o‘lim qayd etilgan.

"Koronavirus infeksiyasining 1544 ta yangi holati aniqlandi, ulardan 784 tasi faol tashuvchilar, 760 tasi alomatsiz tashuvchilar", — deyiladi komissiyaning telegram kanalidagi bayonotida.

Eng ko‘p yangi holatlar Olmaota (271) va Nur-Sultonda (250) aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!