Qozog‘istonda ichida 20 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Qozog‘istonda ichida 20 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

11 fevral kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va yo‘lovchilari orasida 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida buzilib qolgan. Nosozlikka sovuq ob-havoda avtobus yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi 12 fevral kuni Qizil-O‘rda – Pavlodar trassasida Pavlodar viloyati hududida ichida 19 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Ikkala vaziyatda ham hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan. Qozog‘istonning yo‘l polisiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha organlari xodimlarining tezkor yordami bilan transport vositalari ta’mirlangan va yo‘nalishini davom ettirgan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!