Qozog‘istonda deyarli 2 mln odamning kredit to‘lash muddati uzaytirildi

Qozog‘istonda deyarli 2 mln odamning kredit to‘lash muddati uzaytirildi

Qozog‘istonda ikki millionga yaqin odamning kredit to‘lash muddati uzaytirildi va 1,5 mingga yaqin odamga imtiyozli kreditlar berildi, deya xabar beradi Kazinform.

Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni davom ettirmoqda.

2 iyun holatiga ko‘ra, ikkinchi darajali banklar va boshqa kredit tashkilotlari 1 883 111 nafar jismoniy shaxslarning 265,8 mlrd tanga miqdoridagi kredit to‘lovlarini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizalarini ma’qulladi. Shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan 345 mingdan ortiq kishining jami 42 milliard tangalik kredit to‘lovi muddati uzaytirildi.

Bundan tashqari, 12 411 ta (41,6%) kichik va o‘rta biznes sub’ektlari 164,6 mlrd tangalik kredit to‘lovlarini uzaytirishdi. Qolgan arizalar ko‘rib chiqilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!