Qozog‘istonda burqa kiyishni taqiqlash taklif qilinmoqda

Qozog‘istonda burqa kiyishni taqiqlash taklif qilinmoqda

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti quyi palatasi – Majlisning Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Ermurat Bapi din, buzg‘unchi va noan’anaviy diniy oqimlar masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish zarurligini ma’lum qildi.

«Qonun qabul qilingandan so‘ng mamlakatda ko‘plab masalalar o‘z yechimini topadi, jumladan, o‘quvchilar maktabga diniy kiyimda borganida qanday munosabat qilinishi ham. Men ushbu qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biriman, unda qanday normalar kiritilishini bilaman, lekin hujjat normalari ishchi guruh yig‘ilishida muhokama qilinishi uchun oldindan bir narsa deya olmayman», deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, yuzni to‘sib turuvchi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima belgilandi.

Qonun bilan jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan shaxsga nisbatan BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Shuningdek, ushbu holatda tibbiy ruxsatnoma mavjudligi, xodimning ishi ushbu vaziyatni taqozo etishi kabi ba’zi istisnolar ham mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!