Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Ma’rifat vazirligi Anvar Ismoilov nomidagi kasb-hunar kolleji hamda Olmazor yengil sanoat kolleji, noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumning vazifasi kasb-hunar ta’limi va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va axborot almashish orqali qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan. Tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida o‘quvchilarning ikkala o‘quv yurtlari bilan o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalar va forumlarda ishtirok etishi, shuningdek, ta’limni tashkil etishning turli jihatlari bo‘yicha ma’lumot almashish, darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini doimiy ravishda almashish maqsadlari ko‘zlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!