Qozog‘iston prezidenti "Gazprom" rahbari bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uchrashuvda gaz sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.
Bu haqda juma kuni davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
"Prezident Qosim-Jomart Tokayev “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan energetika sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Uchrashuvda gaz sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)