Qozog‘iston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 13-o‘ringa chiqdi

Qozog‘iston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 13-o‘ringa chiqdi

Qozog‘istonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada o‘sdi va 2020 yil noyabr oyida 33 milliard dollarni tashkil etdi. Bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 13,8 foizga yuqori, deb xabar berdi Finprom.kz.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 26,9 foizga o‘sib, 23,2 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. 2015 yildan boshlab oltinning mamlakat zaxirasidagi ulushi doimiy ravishda oshib bormoqda. Joriy yilning oktyabr oyida oltin-valyuta zaxirasidagi ulushi 69,1 foizga yetdi.

Oltin ulushining sezilarli o‘sishi qimmatbaho metallarni ommaviy sotib olish va Milliy bank portfelini diversifikasiya qilish bilan bog‘liq. Koronavirus pandemiyasi va energiya manbalari bozoridagi noaniqlik tufayli yuzaga kelgan inqiroz sharoitida oltinga sarmoyalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qozog‘iston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda. 2014 yil 4-choragida Qozog‘iston ushbu reytingda 23-o‘rinni egallagan. O‘sha yildan buyon Qozog‘iston Milliy bankining oltin-valyuta jamg‘armasi qimmatbaho metalni faol ravishda sotib olmoqda, bu esa joriy yilning noyabr oyida 383,3 tonnani tashkil qildi. Qozog‘iston Milliy banki 2014-2019 yillarda 215,2 tonna oltin sotib oldi. Bundan tashqari, joriy yilning 3-choragida Qozog‘iston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoning TOP-5 mamlakatlaridan biriga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!